Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1
AVTOTRANSPORT FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH VA BOSHQARISH TARTIBI

Avtomobil transporti faoliyatini Davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliqqa tortish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan tashuvlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy-texnik siyosat yuritish, shuningdek, qonunchilikda ko`zda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

Avtomobil transportini Davlat tomonidan boshqarish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan avtomobil transportini boshqarish vakolati berilgan organ, shuningdek, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil va daryo transporti sohasida tashkiliy va institutsional o`zgarishlarni hal etish, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishda hamkorlik qilish va tashuvlar xavfsizligi bo`yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
  • avtomobil transportida yuk va yo`lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • avtomobil va transportini rivojlantirish bo`yicha milliy dastur konsenpsiyasini ishlab chiqish;
  • respublika va aholining tashuvlarga bo`lgan davlat ehtiyojlari taxminini ishlab chiqish;
  • avtomobil transporti sohasida yagona sarmoyaviy, ilmiy-texnik va ijtimoiy siyosati shakllantirish va o`tkazish;
  • avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishda hamkorlik qilish;
  • avtomobil transportida yo`lovchilar, bagaj va yuklarni tashishni litsenziyalashni tashkil etish va takomillashtirish;
  • tashuvchilar va mijozlarning huquq va manfaatlarini shimoya qilish;
  • avtomobil transporti sohasida kadrlarni o`qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  • avtomobil transporti to`g`risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
  • avtomobil transporti soqasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Avtomobil transporti sohasini boshqaruvchi davlat organi qonunchilik doirasida boshqa vakolatlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Mahalliy davlat shokimiyati organlarining avtomobil transporti sohasidagi asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
  • avtomobil transportini rivojlantirishning kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobilda tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha hamkorlik qilish;
  • avtomobil transportining moddiy-texnik va ijtimoiy bazasini mustahkamlashda hamkorlik qilish.
Mahalliy davlat shokimiyati organlari avtomobil transporti sohasida qonunchilik doirasida boshqa vakolatlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Avtotransport vositalari xavfsizlik, mehnat muhofazasi, ekologiya talablariga, shuningdek, standartlar va texnik shartlarga, tibbiy-sanitar hamda yong`inga qarshi me`yorlarga mosligi to`g`risidagi sertifikatlarga ega bo`lishi kerak.

Avtotransport vositalarini standartlash, metrologiyasini amalga oshirish va sertifikatlashga doir ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O`zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi hamda qonunchilik doirasidagi boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sertifikatlanmagan va belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tmagan avtotransport vositalari foydalanishga qo`yilmaydi.

Tashuvchilar tomonidan avtomobil tashuvlari maxsus ruhsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.

Avtomobilda tashuvlarni amalga oshirish uchun litsenziya berish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi "Avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 138-sonli qarori).
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech