Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
0

O’zbekiston avtomobil va
daryo transporti agentligining
2014-yil 23-iyundagi 119-sonli
buyrug‘iga 1-ilova

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyati to‘g‘risidagi

MA’LUMOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari:

- 1998-yil 11-iyuldagi “O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 296-sonli;

- 2004-yil 10-martdagi “O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 118-sonli (Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 96-sonli, 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli, 2011-yil 6-dekabrdagi 318-sonli qarorlari bilan kiritilgan o‘zgartishlarni inobatga olgan holda);

2. Agentlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar hamda ularning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar;

3. Agentlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ hujjatlar va boshqa hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar;

4. Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy, normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

5. Agentlik tomonidan amalga oshirilgan davlat va boshqa dasturlar haqida ma’lumot;

6. Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan jamoat ommaviy tadbirlar haqida ma’lumotlar (yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot-konferentsiyalari, brifinglar, seminarlar, “davra suhbatlari va boshqalar);

7. Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek horijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi haqidagi ma’lumotlar;

8. Agentlik ishtirokida amalga oshirilayotgan O’zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalari haqidagi ma’lumotlar;

9. Avtomobil va daryo transporti ahvoli, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda o‘sish sur’atini (dinamika) yoritib beruvchi asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar;

10. Agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan (tashkil etilayotgan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va auktsionlar haqida ma’lumotlar;

11. Bo‘sh ish joylari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish joylariga tayinlash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar haqidagi ma’lumotlar;

12. Agentlik Hay’ati, hay’at yig‘ilishini o‘tkazish rejalari, yig‘ilish kun tartibi loyihalari, o‘tkazish kuni, joyi va vaqti, shuningdek ularda ishtirok etish tartibi haqida ma’lumotlar;

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech