Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
0
1. Litsenziya berish to`g`risidagi ariza quyidagi ma`lumotlar bilan:
  • xususiy tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
  • pasport, haydovchilik guvohnomasi, identifikatsiya rao`amiga (STIR) oid ma`lumotlar;
  • faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat.

2. Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;

3. Mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to`g`risidagi ma`lumotlari;

4. Yo`l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo`linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasi texnik jihatdan soz ekanligi to`g`risida belgi qo`yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki yakka bir transport vositasining ko`rikdan o`tkazilganligi to`g`risidagi dalolatnomaning nusxasi;

5. Litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko`rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko`rik va texnik ko`rikdan o`tish imkoniyatg` berilishi to`g`risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma`lumotlar;

6. Yakka tartibdagi tadbirkor malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

8. Litsenziya talabgori tomonidan arizani ko`rib chiqish uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Arizani ko`rib chiqish uchun O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida yig`im undiriladi.

Arizani ko`rib chiqish uchun yig`im quyidagi hisob raqamiga to'lanadi:
h/r: 20210000300745005001, AKB "Ipotekabank" Chilonzor filiali, bank kodi: 00997, STIR: 202811527, tarmoq kodi: 97300.

Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganidan keyin quyidagi hisob raqamiga davlat boji to`lanadi:
maxsus h/r: 20210000300745005053, KB "Ipotekabank" Chilonzor filiali, bank kodi: 00997, STIR: 202811527, tarmoq kodi: 97300.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech