Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
0

Ishonch telefoni

+(998 71) 241-72-03

Bog'lanish vaqti: 09:00 - 18:00



2015-yil 16 apreldagi

91-son buyruqqa

ilova

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining

“Ishonch telefoni” to‘g‘risidagi

N I Z O M

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining (keyingi o‘rinlarda – “Agentlik” deb yuritiladi) “Ishonch telefoni” mazkur ish tartibi “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarning qabul qilinishi, qayd etilishi va ko‘rib chiqilishi tartibini belgilaydi.

I.Umumiy qoidalar.

1.1.”Ishonch telefoni” Agentlikning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ularning murojaatlari bo‘yicha bevosita aloqada bo‘lish vositasidir.

1.2.Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

“Ishonch telefoni”ni texnik jihatdan ta’minlanishi – “Ishonch telefoni”ni o‘rnatish va ish holatida saqlash.

Operator – “Ishonch telefoni”orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qiluvchi, qayd etuvchi va hujjatlashtiradigan Markaz tomonidan tayinlangan vakolatli mansabdor shaxs;

Jismoniy va yuridik shaxs – “Ishonch telefoni”ga murojaat etgan shaxs.

II. “Ishonch telefoni” tarmog‘ini ishlashini ta’minlash.

.

2.1. «Ishonch telefoni” ishi bo‘yicha umumiy rahbarlikni Agentlik apparati rahbari amalga oshiradi. “Ishonch telefoni”dan tushgan murojaatni bevosita qabul kilish, qayd etish, tahlil etish hamda hujjatlashtirishni ta’minlash ishlarini Operator amalga oshiradi.

2.2. “Ishonch telefoni”ning ishlashi kunning ish vaqtida ta’minlanadi. Ushbu maqsadda “Ishonch telefoni” tizimi uni normal holatda ishlashiga imkon beruvchi Agentlik boshlig‘ining qabulxonasida o‘rnatiladi.

2.3. Agentlik apparati rahbari:

“Ishonch telefoni” ishiga mas’ul shaxs tayinlanishini;

“Ishonch telefoni”ga tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;

“Ishonch telefoni”dan olingan murojaatlar, telefon orqali so‘rovlar matnini Agentlik rahbariyatiga taqdim etilishini;

yozib olingan axborotni saqlanishini ta’minlaydi.

2.4. «Ishonch telefoni” ishi bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi mas’ul shaxs – Apparat rahbari “Ishonch telefoni”ni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini ta’minlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qo‘yish holatini nazorat qiladi va boshqalar).

2.5.”Ishonch telefoni” raqami Agentlikning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Agentlik binosidagi hamma kirishi mumkin bo‘lgan xona va (yoki) boshqa ajratilgan joylarda faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan axborotdan foydalanuvchilar tanishishi uchun mo‘ljallangan axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo‘ljallangan boshqa texnik vositalariga joylashtiriladi.

III. “Ishonch telefoni” orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo‘natish.

3.1. “Ishonch telefoni”ga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99871) 241 72 03 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish Operator tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

3.2.“Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish real vaqt rejimida operator hamda jismoniy va yuridik shaxs o‘rtasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi.

3.3. “Ishonch telefoni” tizimida chaqiriq signali kelganda Operator abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga Agentlikka murojaat qilish, shuningdek, “Ishonch telefoni” bo‘yicha murojaatni taqdim etish tartibini tushuntiradi.

3.4. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar e’lon qilingandan keyin, Operator murojaat qiluvchiga o‘zini tanishtiradi: Agentlikning “Ishonch telefoni”, Sizni eshitaman”. So‘ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so‘rovlari va operatorning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan bo‘ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq yetkazib berolmasa, Operator murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan so‘rovnoma o‘tkazadi.

3.5. Erkin suhbat davomida Operator murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning so‘zida mumkin bo‘lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa qaerdan ulanganligini ham aniqlanadi – chet eldanmi yoki O’zbekiston hududidanmi. Keyinchalik, odob bilan Operator murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog‘laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so‘raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo‘lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali Markazning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.

3.6. Operator tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni”ga murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya’ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so‘ng, usha kunidan kechiktirmasdan Agentlik rahbariyatiga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi. (1-ilova)

3.7. Operator har kuni 18-00 holatiga “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarning yagona ma’lumotini tayyorlaydi.

3.8. Ma’lumotda “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlar soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi. (2-ilova)

3.9. Murojaatlar bo‘yicha tuzilgan yagona ma’lumot keyingi kun soat 10-00 gacha Apparat rahbariga taqdim etiladi.

3.10. Agentlik apparati rahbari har chorakda “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni Agentlik boshlig‘iga taqdim etadi.

IV. “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni birlamchi baholash.

4.1. “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni birlamchi baholash quyidagi mezonlar orqali amalga oshiriladi:

murojaatni Agentlik vakolatiga tegishliligi;

boshqaruv va operativ qaror qabul qilish uchun axborotni to‘liqliligi;

murojaatda ko‘rsatilgan vajlarni ishonchliligi.

4.2. Operator murojaatni qabul qilish davomida jismoniy shaxsdan o‘tkazilgan suhbatda:

murojaatdagi axborotni olingan jihatlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni yig‘ish imkonini beruvchi manbalar doirasini aniqlashtiradi;

murojaatda ko‘rsatilgan axborotdan bexabar bo‘lgan, lekin aniq yordam ko‘rsata oladigan yoki guvoh sifatida qatnashadigan kishilarni aniqlashtirish bo‘yicha chora-tadbir ko‘rishi lozim.

V. Javobgarlik.

5.1. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun talablarini buzish, shuningdek, ushbu Nizom bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech