Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Litsenziyasiz faoliyat – qonunga xilof!

Xorazm viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-sonli, 2006-yil 9-martdagi PQ-303-sonli qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli qarorining ijrosi doirasida harakat xavfsizligini ta’minlash va avtotransportda yo‘lovchi tashish sohasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Viloyat IIB YHXB, Davlat soliq boshqarmasi va O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm viloyat hududiy bo‘limi, shuningdek avtotransport korxonalari vakillaridan iborat yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalarini nazorat etuvchi guruhlar bilan birgalikda shahar va tumanlarda reyd tekshiruvlari o‘tkazildi.

2016-yilning yanvar-iyun oylari davomida 959 ta litsenziyasiz avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashiyotgan haydovchilar aniqlanib, qonun doirasida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va hujjatlar sud organlariga o‘tkazildi. Sud organlari tomonidan 918 nafar haydovchidan jami 574 million 674 ming so‘m miqdorida jarima undirildi.

Viloyatdagi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hamda tadbirkorlar o‘rtasida ushbu sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Viloyatning barcha tumanlari va Urganch shahridagi yo‘lovchilar gavjum joylarda yo‘nalishsiz taksi mashinalari uchun 18 ta turargoh tashkil qilindi.

2016-yilning 1 iyul-holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida 1230 ta yengil taksi avtomobillarida maxsus seriyadagi davlat raqam belgilari mavjud. Shundan 1068 tasi standart plafon, 1204 tasi taksometr va 91 tasi terminallar bilan jihozlangan.


Yuklab olish

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech