Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 May 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 230

2018 yil 17-18 may kunlari Samarqand shahrida xalqaro avtomobil tashishlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma Komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma Komissiya yig‘ilishda, O’zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shovahobov va Turkiya transport, dengiz ishlari va kommunikatsiya vazirligining avtomobil transportini tartibga solish bo‘yicha bosh direktsiya Bosh direktori M.Gyurres boshchiligidagi ikki davlat delegatsiyasi ishtirok etishdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi vazirliklar va idoralarining taklif etilgan mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Tomonlar, 2017 yil oktyabr va 2018 yilning aprel oylarida o‘tgan yuqori darajadagi muzokaralar, xalqaro avtomobil tashishlari borasida ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida yangi istiqbollarni ochib berganligini ta’kidladilar. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil oktyabr oyidagi Turkiya Respublikasiga davlat tashrifining muhim ahamiyatli jihatidan biri sifatida, O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida avtomobilda halqaro yo‘lovchilar va yuk tashishlari to‘g‘risidagi Bitimning imzolanganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida tomonlar, ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashishlarini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashdilar. Shu bilan birga, 2018 yil uchun ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash yuzasidan qo‘shimcha kvotani belgilab oldilar hamda 2019 yil uchun dastlabki kvota masalasini, shu jumladan yangi Bitim qoidalarini hisobga olgan holda, muhokama qildilar, shuningdek O’zbekiston va Turkiya o‘rtasida avtomobil tashishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq amaliy masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Mazkur hujjatda, turkiya tomoni, o‘zbek tomoniga O’zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab xalqaro avtomobil tashishlarini amalga oshirish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar uchun minnatdorchilik bildirgan holda, Turkiya Respublikasi hududida o‘zbek tashuvchilari uchun yo‘l yig‘imlari miqdorini, O’zbekiston Respublikasi hududida bitta yuk avtotransport vositasi kirib kelishi uchun belgilangan stavkaga muvofiqlashtirish yo‘li bilan kamaytirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishiga, shuningdek, Turkiya Respublikasi hududi bo‘ylab xalqaro avtomobil tashishlarini amalga oshirayotgan o‘zbek avtotashuvchilarining haydovchilari uchun kirish vizalarini bekor qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga rozilik bildirdilar.

Xalqaro avtomobil tashishlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma Komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha yakuniy Bayonnoma imzolandi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech