Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Noyabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 176

Agentlikda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mamlakatimizda yong‘inlar paydo bo‘lishining oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlar doirasida barcha hududlarda aholi ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

0825.JPG

Inson omili yong‘in xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Sanoat yoki ijtimoiy ob’ektning har bir xodimi nafaqat yong‘in xavfsizligi qoidalarini, balki yong‘inlar sodir bo‘lganda harakat qilish va unga qo‘yiladigan talablarni ham bilishi darkor.

Shu munosabat bilan 7-noyabr kuni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Agentlik jamoasi O’zbekiston Respublikasi IIV YoXBB bosh mutaxassisi podpolkovnik R.Ahmedov, Toshkent shahar IIBB YoXB TFB va MTTB boshlig‘i podpolkovnik B.Jalilov va Shayxontohur tuman IIB YoXB xodimlaridan mamlakatimizning yong‘in xavfsizligiga doir qonunchiligi, yong‘in chiqishining oldini olishga oid ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Prezidentimizning 2017-yil 23-maydagi «Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida tashkiliy va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan edi. Kommunal xizmat, IIV va mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirokida amalga oshirilayotgan ushbu tadbirlarda yong‘inlarning sabab va oqibatlari puxta o‘rganilmoqda.

0838.JPG

Toshkent shahar IIBB YoXB TFB va MTTB boshlig‘i podpolkovnik B.Jalilov so‘nggi ikki yil mobaynida poytaxtmizda yuz bergan yong‘inlarni tahlil qilib, ularning oqibatlari, xususan moddiy va inson talafotlari haqida so‘zlab berdi, ko‘p hollarda o‘t balosiga fuqarolarimizning loqaydligi sabab bo‘lishini kuyunchaklik bilan ta’kidlab o‘tdi.

Seminarda Shayxontohur tumani YoXB 12-XYoXQ boshlig‘i mayor N.Haydarov qish mavsumi boshlanishi munosabati bilan xonadonlarda isitish jihozlaridan xavfsiz foydalanishga doir qator tavsiya va maslahatlar berdi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar orasidagi yo‘llarga o‘rnatilayotgan sun’iy to‘siqlar, tungi vaqtda shaxsiy avtomobillarning tartibsiz holda qoldirilishi ba’zan o‘t o‘chiruvchilarga jiddiy xalal berib, yong‘inni o‘z vaqtida o‘chirishga monelik qilayotganini kuyunchaklik bilan eslatib o‘tdi.

Ma’ruzalardan so‘ng amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yig‘ilganlarga yong‘in sodir bo‘lganda uni o‘chirish bo‘yicha birinchi harakatlar o‘rgatildi. Agentlik xodimlari yong‘in xavfsizligi xizmatida qo‘llanilayotgan texnika vositalarining taktik-texnik xususiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ishtirokchilarga is gazidan zaharlanish va uning oqibatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida Agentlik binosida mumkin bo‘lmagan nostandart elektr isitish vositalaridan, vaqtinchalik elektr tarmoqlaridan foydalanmaslik, xonalarda sigareta chekishni qat’iyan man etish va uni nazoratga olish, binodagi mavjud yong‘inni oldini olish asbob-uskunalarini asrash va joylarga jamlash, yong‘in xavfsizligi qoidalarini targ‘ib qiluvchi burchak va «Yong‘inning oldini olish har birimizning burchimiz» mavzusida o‘quv darslarini muntazam yo‘lga qo‘yish haqida yig‘ilish qarori qabul qilindi.

Yong‘inlar profilaktikasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar fuqarolarning bu boradagi madaniyatini oshirish, yong‘inlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan yoki ularni bartaraf etishga xalaqit beradigan ko‘plab qoidabuzarliklarni aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.

0826.JPG

0828.JPG

0837.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech