Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Aprel 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 111

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanining Payshanba QFY hududida«Samarqand Rudakiy» sho‘‘ba korxonasi tomonidan yangi avtostantsiya barpo etildi. Bu yerdan har kuni «Payshanba – Samarqand», «Payshanba – Ishtixon»,«Payshanba – Kattaqo‘rg‘on», «Payshanba – Oyjon», «Payshanba – Tasmachi», «Payshanba – Mirbozor» va boshqa shahar atrofi yo‘nalishlarida ko‘plab avtobus va yo‘nalishli taksi mashinalari qatnaydi.

«Samarqand Rudakiy» shu’ba korxonasi tomonidan qurilgan ushbu avtostantsiyada haydovchilar va yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Xususan, avtomashinalarni texnik tekshiruvdan o‘tkazish ustaxonasi, tibbiy ko‘rik xonasi, kutish xonalari zarur anjomlar bilan jihozlangan. Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati esa aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda. Yo‘lovchilarni avtobuslarga o‘tqazish va tushirish perronlari soni 8 ta bo‘lib, ularda aravachadagi nogironlarning ehtiyojlari ham hisobgaolingan.

– Avtostantsiyaning ishga tushirilishi aholiga qulaylik yaratishi barobarida shahar ichkarisida avtomobillar tirbandligining oldini oladi, – deydi avtostantsiya rahbari F.Jalilov. – Bunday keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari tufayli shahar qiyofasi yanada go‘zallashmoqda. Eng muhimi, bu yerda yana 6ta yangi ish o‘rni yaratildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech