Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Avgust 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 180

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-son qarorining ijrosi bo‘yicha Agentlikning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1461-moddasida (tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi), 165-moddasida (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish), 1763-moddasida (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 1763-moddasida (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarmaslikka doir talablarni buzish), 198-moddasida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish) nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar to‘g‘risidagi bayonnomalar O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilishi boshlangan edi.

2017-yil 3-avgust kuni Agentlikning Xorazm viloyat boshqarmasida Urganch shahrida yo‘lovchi tashish faoliyatini litsenziya olmasdan noqonuniy ravishda shug‘ullangan haydovchilarga ma’muriy choralar ko‘rish maqsadida ilk bor sayyor sud o‘tkazildi.

Mazkur sayyor sudda Urganch shahar ma’muriy sud raisi G’.Xudayberganov va Agentlikning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.

Sayyor sud natijasida, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1763-moddasida (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), nazarda tutilgan tartibda 13 nafar fuqaroga nisbatan jami eng kam oylik ish haqining 140 barobari miqdorida jarima jazolari qo‘llanildi.

Huquqbuzar haydovchilar o‘z vaqtida litsenziyasiz avtotransportlarda yo‘lovchi tashiganligi uchun pushaymonligini bildirib, bo‘lib o‘tgan sayyor suddan o‘ziga tegishli xulosa chiqarganligini hamda tez fursatlarda, yo‘lovchi tashish faoliyati uchun litsenziya olib, harakatni qonuniylashtirib davlat oldidagi majburiyatlarini bajarishga so‘z berdilar.

Agentlikning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatda avtotransport sohasini yanada rivojlantirish, yo‘lovchilarga xavfsiz va qulay avtotransport xizmatini ko‘rsatish hamda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyatiga chek qo‘yish maqsadidagi sa’yi harakatlar davom ettirilmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech