Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Oktabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 48

Bugungi kunda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan avtomobillarda yuk tashuvlarni amalga oshiruvchi korxonalar ish ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda bu orqali aholiga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida muayyan ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, Uchtepa tumanida joylashgan "EURO ASIA TRANS" mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi GAZ/2310 244 rusumli yuk avtomobili xarid qildi.

Ma’lumot uchun GAZ/2310 244 rusumli yuk avtomobillari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shaxrida joylashgan “Gorkovskiy avtomobilnыy zavod”ida ishlab chiqariladi. Ushbu yuk furgon avtomobili
2 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega.

Shuningdek, Yunusobod tumanida joylashgan “MURUVVAT AZIZ” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish faoliyatini yanada takomillashtirish va yuk tashish xizmatlarini ko‘lamini kengaytirish maqsadida “DAF FT XF” rusumli o‘tir tortuvchilar xarid qildi.

“DAF FT XF” rusumli (o‘tir. tortuvchi) yuk avtomobili Gollandiyaning janubida joylashgan Eyndxoven shaxridagi “DAF Trucks NV” zavodida ishlab chiqariladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech