Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Iyun 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 216

Aholiga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatish, uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish maqsadida jamoat transporti faoliyatida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Samarqand shahri ko‘chalarida aholiga xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslar, mikroavtobuslar harakatini muvofiqlashtirish, qat’iy tartibda o‘z vaqtida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish borasida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlarga asosan viloyatdagi transport korxonalari bilan birgalikda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Narpay tumanida “Oqtosh trans avto” MChJ tashabbusi bilan jami 13 ta yangi yo‘nalish bo‘yicha jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yildi. Mirbozor -Nug‘ay mahallasi, Mirbozor — Iymon mahallasi, Mirbozor - Navruz mahallasi, Mirbozor-O’zbekiston mahallasi, Mirbozor-Axillik mahallasi, Mirbozor -O’zbekkenti mahallasi, Mirbozor —Guliston mahallasi, Mirbozor -Oltio‘g‘il mahallasi, Mirbozor-Mushkent mahallasi, Mirbozor-Ziyovuddin, Mirbozor - Yangiarik mahallasi, Mirbozor - Oybek – Buston, yo‘nalishlariga belgilangan grafiklar asosida avtotransportlar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, xizmat sifatini oshirish borasida boshqarma tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bundagi asosiy vazifa esa aholidan tushadigan takliflar, bildirgilar fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, shahar yo‘nalishlarida avtobuslarni bosqichma-bosqich joylashtirish.

“Bugungi kunda “Oqtosh trans avto” MChJ tomonidan 28 ta avtobusda Narpay tumani aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatish boshlandi”, - deydi O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Samarqand viloyat boqarmasi Tender o‘tkazish hamda tender kontraktlari talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat sho‘ba mudiri O.Rahimov.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech