Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Iyun 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 270

Samarqand shahri aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatish, uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish maqsadida jamoat transporti faoliyatida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston avtomobil transporti agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirga asosan viloyatdagi transport korxonalari bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati markazida joylashgan avtotransport korxonalari «Bulung‘ur Laziz trans» MChJ va «Islom Eshqulovich» MChJ o‘z avtotransport parklarini yangilash va bu bilan ish ko‘lamini kengaytirish hamda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar bilan boyitib olishdi.

Xususan, «Bulung‘ur Laziz trans» MChJ «Turonbank» ATBning Samarqand filialidan 3 yil muddatga 800 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 10 ta yangi «NEXIA-3» rusumli yengil avtomobil sotib oldi. Yangi avtotransport vositalari sotib olinishi munosabati bilan korxonada 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

«Islom Eshqulovich» MChJ esa «Ipoteka-bank» ATIB Samarqand filialidan 3 yil muddatga olingan 1 mlrd so‘mlik kredit hisobidan 5 ta «NEXIA-3» va 6 ta “SOBOLT” rusumli jami 11 ta yengil avtomobil sotib oldi.

Buning natijasida korxonaning ish ko‘lami kengayishi bilan bir qatorda yangi 11 ta ish o‘rni ham yaratildi. Yangi ish o‘rinlariga kollej bitiruvchilarining ham jalb qilingani yoshlarni ish bilan ta’minlashda korxona dadil qadam tashlaganligidan dalolat beradi.

-Avtomobillar Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi «Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 139-sonli qarori talablari asosida jihozlangach, hozirgi kunda shahar atrofida yo‘lovchi tashishda foydalanilmoqda – deydi, litsenziya bo‘limi boshlig‘i Anvar Radjabov.

Ma’lumot uchun avtotransport vositalarining kunlik texnik, haydovchilarning tibbiy ko‘rigi korxonalarning o‘z bazasidagi maxsus jihozlangan majmualarida bajariladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech