Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Oktabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 84

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi
“2017-2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2953 sonli qarorida “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va “Dishan-qal’a”da ekskursiyalarni tashkil qilish uchun 4 dona elektromobil sotib olish vazifalari belgilangan.

Shu yilning 19-iyul kuni Xiva shahridagi “Qora ko‘z trans” MChJ bilan Xitoy Xalq Respublikasidagi “WUZHONG COMPANI LIMITED” firmasi o‘rtasida 4 dona elektromobil sotib olish yuzasidan shartnoma imzolangan edi.

Ushbu shartnomaga asosan TIF Milliy bank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga jami qiymati 37820 AQSh dollari miqdorida 4 dona elektromobil 2018-yilning 30-sentyabr kuni Xiva shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Qora ko‘z trans” MChJ tomonidan Xiva shahriga olib kelindi. Elektromobillar 14 yo‘lovchiga mo‘ljallangan o‘rindiqlar bilan jixozlangan. Yangi elektromobillarni boshqarish uchun haydovchilar tanlov asosida ishga qabul qilinib, 5 ta qo‘shimcha ishchi o‘rinlari tashkil etiladi.

Olib kelingan elektromobillar Xiva shahriga tashrif buyuradigan sayyohlarga xizmat ko‘rsatishi belgilangan.

“Qora ko‘z trans” MChJ 2010 yilda tashkil qilingan bo‘lib, asosiy ish faoliyati avtotransprt xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. Bugungi kunda korxona hisobida 9 ta Isuzu rusumli avtobus, 12 ta mikroavtobus va 24 ta yengil. jami 45 ta avtotranspor bilan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

246923759_283881.jpg

246934659_36161.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech