Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Sentabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 240

Kutubxona — bosma va ayrim qo‘lyozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasadir.

Bugungi globallashuv sharoitida har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta’lim va madaniyat rivojida turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, ular ishida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bu jarayonda alohida o‘rin tutadi.

kutubxona1.jpg

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning barcha viloyatlarda aholini kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida bepul kutubxonalar tashkil qilish haqidagi tashabbusi bilan bugun Andijon viloyatida ham bir qator tashkilotlar tomonidan bepul kutubxonalar tashkil qilindi. Bunda Andijon viloyati hokimi tomonidan viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlarda bepul kutubxonalar tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, eng yaxshi kutubxona tashkil etgan tashkilotlar, hamda kutubxonalarga eng ko‘p kitob taqdim qilgan insonlar uchun sovg‘alar ham ta’sis etilgan.

Ushbu tashabbusga asosan Agentlikning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 10 kv.metr maydonda bepul kutubxona tashkil etildi. Kutubxona kechayu-kunduz faoliyat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, kunning barcha vaqtida foydalanish mumkin. Kutubxonaning kitob fondini to‘ldirish uchun boshqarma xodimlari va transport korxonalari tomonidan turli mavzudagi kitoblar taqdim etildi. Hozirgi kunda kutubxonada jahon adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy-ma’rifiy adabiyotlar, o‘zbek she’riyati, o‘zbek klassik va zamonaviy romanchiligi, turli entsiklopediyalar va texnik adabiyotlar yo‘nalishlarida 500 dan ortiq kitoblar mavjud.

Agentlik xodimlarining ushbu tashabbusi rag‘batsiz qolmadi. Ushbu bepul kutubxonani birinchilardan bo‘lib tashkil etganligi, xalqimizning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qo‘shayotgan hissasi Prezidentimiz tomonidan yuksak baholanib “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

— “Bunday e’tibordan albatta boshimiz ko‘kka yetib, xalqimiz, millatimiz uchun erta-yu kech tinmay mehnat qilishdan, butun O’zbekiston xalqiga avtotransport xizmati ko‘rsatibgina qolmay mana bunday xayrli ishlarni qilishda charchamaymiz. Kutubxonamizni yangi va inson ongiga ijobiy ta’sir etuvchi kitoblar bilan boyitib boramiz va bu bilan kitobxonlar sonini va sifatini yaxshilaymiz”, – deydi Agentlikning Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i O’.Mashrapov.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech