Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Sentabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 116

Toshkentda “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro konferensiyaning birinchi kuni yakunlandi.

Ushbu konferensiya mintaqa mamlakatlarini qiziqtirgan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil qilingan edi.

Konferensiya doirasida xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni ishlab chiqish masalalari keng muhokama qilindi.

Jumladan, «Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va tranzit salohiyatining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari»ga bag‘ishlangan uchinchi sho'ba majlisida Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va tranzit salohiyatining imkoniyatlari, Markaziy Osiyodagi tashqi integratsiyalashgan transport sohasini shakllantirish va mintaqada yangi yo‘laklar yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, transport va logistika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashning xalqaro tizimi, xalqaro yuk tashish uchun zamonaviy shart-sharoitlar va bojxona-chegara tartiblarini ishlab chiqish masalalari, yirik transport yo‘nalishlari bo‘yicha logistika markazlari, bojxona omborlari hamda TIR-parklar tarmog‘ini yaratish mavzusi va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

Uchinchi sho'ba majlisi ishtirokchilari shuningdek, avtomobil transporti va yo‘l koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi xalqaro tajriba, Markaziy Osiyo mamlakatlarining avtomobil transportida axborot, marketing va raqamli transport xizmatlarini joriy etish, shuningdek, asosiy transport koridorlari bo‘ylab xalqaro avtomobil transportini rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanishni muhokama qildilar.

21-sentyabr kuni yakunlanadigan ushbu konferensiyada respublikaning transport sektorini rivojlantirish bo‘yicha memorandumlar va boshqa hujjatlar qabul qilinishi hamda imzolanishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada 37 mamlakatdan 300 dan ortiq mehmon, shuningdek, Jahon banki, OTB, ITB, YeTTB, OIIB, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi, YeXHT, GXHJ, ShHT, IHT, MDH, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi, TRASEKA dasturi, Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi, Temir yo‘llar hamkorligi tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

5481.jpg

5461.jpg

5544.jpg

5558.jpg

IMG_5581.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech