Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Iyun 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 251

2017-yilning 14-15-iyun kunlari Toshkent shahrida Xalqaro avtomobil qatnovi bo‘yicha o‘zbek-belarus Qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma komissiya yig‘ilishi O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1994-yil 22-dekabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitimning 19 moddasiga muvofiq o‘tkazildi.

Qo‘shma komissiya yig‘ilishida, O’zbekiston tomonidan - O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda O’zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi (AIRCUZ) vakillari, Belarus tomonidan esa – Transport va kommunikatsiya vazirligi, Belarus xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi (BAMAP) va “Ratipa” MChJ va “Beleks i K” belarus transport kompaniyalari vakillaridan iborat o‘zbek va belarus delegatsiyalari a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish jarayonida tomonlar, 1994-yil 22-dekabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Hukumatlararo Bitimning amalga oshirilishini muhokama qildilar, 2017-yil uchun qo‘shimcha ruxsatnomalar almashishni kelishib, 2018-yil uchun ruxsatnoma blankalarini almashish bo‘yicha dastlabki kvotani belgilab oldilar. Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida avtomobilda yuk tashuvlarini amalga oshirish bilan bog‘liq amaliy masalalarni muhokama etdilar.

Xalqaro avtomobil qatnovlari bo‘yicha Qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Bayonnoma imzolandi.

0041.JPG

0049.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech