Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Fevral 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 227

Davlatimiz rahbarining doimiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularga malakali ustozlarni biriktirish, xalq ichida "Ustoz-shogird" an’anasini davom ettirish kabi ustuvor vazifalar davlat siyosati darajasida olib borilmoqda.

Kadrlar sifatini oshirish, yoshlarning o‘quv dargoxlarida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash va chuqurlashtirish, mutaxassislik bo‘yicha zarur ko‘nikmalar hamda ish tajribasini puxta o‘rgatish bo‘yicha O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Xorazm viloyat boshqarmasida "Ustoz-shogird" an’analari yo‘lga qo‘yilgan.

Haftaning har dushanba kuni xodimlarni o‘qitish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Jumladan, o‘quv jarayonida xodimlarga O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident qarorlari va avtomobil transporti sohasiga oid Qarorlar Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan me’yoriy hujjatlar talablarini bajarilishi yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkaziladi. Odob-axloq qoidalari Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shartligi ta’kidlab boriladi. Yagona maqsadimiz, yoshlarni ishga ijobiy yondoshish, ularning kelajakda jamiyatimiz va taraqqiyotimiz yo‘lida mas’uliyatli vazifalarda faoliyat yuritishlariga ko‘maklashishdir. Boshqarmada barcha inspektorlarga O’zbekiston Respublikasining avtomobil transporti sohasiga oid qonun qoidalari, me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xalqimizda "Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar" degan ibratomuz hikmat bor. Ustoz – shogirdning tarbiya tayanchi, u hunarga, kasbga, bilim olishga o‘rgatadi, tafakkur va dunyoqarashini shakllantiradi, yo‘llanma va ko‘rsatma beradi, kamchiliklarini bartaraf etadi. Shogirdni mutaxassis darajasiga yetkazish uchun ustozning kasbiy ko‘nikmasi, malaka va tajribasi yetarli bo‘lishi talab etiladi. Agentlikning Xorazm viloyati boshqarmasi mutaxassislari boshqarma boshlig‘i R.Ruzmetov, sho‘‘ba mudirlari D.Yaqubov, A.Ismailov, R.Boboev va yetakchi hisobchi U.Palvanovlar yangi ishga qabul qilingan xodimlarni malakasini oshirish ishlarini muntazam olib bormoqdalar. 


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech