Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Noyabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 50

Bugungi kunda iqtisodiyotimizning boshqa tarmoqlari qatorida avtomobil transporti tizimi ham jadal rivojlanib bormoqda. Soha korxonalarining texnik va texnologik jihatdan yangilanishi, yangi-yangi quvvatlar ishga tushirilishi singari amaliy sa’y-harakatlar bunda muhim omil bo‘lmoqda.

Jumladan, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan temir eshik va romlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan «Hud Kovka» mas’uliyati cheklangan jamiyati ish ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida yangi MAN TGS 19.400 rusumli yuk avtomobili va UAT SCFG 9231 rusumli yarim tirkama xarid qildi.

MAN TGS 19.400 rusumli (o‘tir. tortuvchi) yuk avtomobili Samarqand viloyatida joylashgan “Man Auto Uzbekistan” zavodida ishlab chiqariladi. Avtomobil zamonaviy yoqilg‘i uzatuvchi “Common Rail” uskunali o‘ta tejamkor D20 dvigatel bilan jixozlangan. Ekologik sinf darajasi Yevro-3 tashkil etadi.UAT SCFG 9231 rusumli yarim tirkama 31 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega.

Xozirgi kunda «Hud Kovka» mas’uliyati cheklangan jamiyati aholiga unumli avtotransport xizmati ko‘rsatish maqsadida yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish uchun litsenziya varaqalari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, Chilonzor tumanida joylashgan «Alfa Best» mas’uliyati cheklangan jamiyati ham 8 ta yangi va zamonaviy, jahon talablari bo‘yicha ishlab chiqilgan “Golden Dragon” rusumli avtobuslar xarid qildi.

“Golden Dragon” avtobuslari Xitoy Xalq Respublikasi Futszyan provintsiyasida joylashgan “Golden Dragon” zavodida ishlab chiqariladi. Ushbu Xitoy avtobuslarining yo‘lovchilar sig‘imi 33 o‘rindan iborat.

Xozirgi kunda «Alfa Best» mas’uliyati cheklangan jamiyati shartnoma orqali buyurtma asosida xizmat ko‘rsatish maqsadida joriy yilning
24 oktyabr kuni litsenziya varaqalari bilan ta’minlandi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech