Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Iyun 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 242

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan avtomobillarda yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi bir qancha korxonalar tomonidan aholiga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, ish ko‘lamini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida avtotransport parklari yangilanmoqda.

Jumladan, Toshkent shahri, Uchtepa tumanida joylashgan “AZIA TRANS MAGISTRAL” mas’uliyati cheklangan va Yunusobod tumanida joylashgan “MAGISTRAL LOGISTIC SERVICE” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish ko‘lamini kengaytirish maqsadida ISUZU NQR 71 PL rusumli yuk avtomobillari xarid qildi.

ISUZU NQR 71 PL avtomobili Samarqand viloyatida joylashgan “SamAuto” zavodida ishlab chikariladi. N2 toifadagi ISUZU NQR 71 PL yopik metall avtofurgoni tulik massasi 8 t bo‘lib, 3.9 t yuk ko‘tarish xajmiga ega. Furgon
4 taktli turbo dizel dvigatel bilan jihozlangan.

Yashnobod tumanida joylashgan "REALTY KOLAG" mas’uliyati cheklangan jamiyati esa yangi GAZ/3302 rusumli yuk avtomobili xarid qildi.

GAZ/3302 rusumli yuk avtomobillari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shaxrida joylashgan “Gorkovskiy avtomobilnыy zavod”ida ishlab chiqariladi. Ushbu yuk furgon avtomobili 1,5 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega.

Ushbu tumandagi yana bir korxona “EXIM TRANS” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2 ta yangi “MAN TGS/19.400” rusumli o‘tir tortuvchilar xarid qildi.

MAN TGS/19.400 rusumli (o‘tir. tortuvchi) yuk avtomobili Samarkand viloyatida joylashgan “Man Auto Uzbekistan” zavodida ishlab chiqariladi.

Yakkasaroy tumanida joylashgan “BIG TRANS LOGISTICS” mas’uliyati cheklangan jamiyati yangi MAN TGS 19.400 yuk avtomobili xamda UAT SCFG 9231 rusumli yarim tirkama xarid qildi.

MAN TGS 19.400 rusumli (utir. tortuvchi) yuk avtomobili Samarqand viloyatida joylashgan “Man Auto Uzbekistan” zavodida ishlab chikariladi. Avtomobil zamonaviy yoqilgi uzatuvchi “Common Rail” uskunali o‘ta tejamkor D20 dvigatel bilan jihozlangan. Ekologik sinf darajasi Yevro-3 tashkil etadi. UAT SCFG 9231 rusumli yarim tirkama 24 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech