Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Noyabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 104

Joriy yilning 1-noyabr kuni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi binosida Toshkent shahar boshqarmasining yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq vaziyatlarning salbiy oqibatlari hamda gaz jihozlaridan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Agenetlik Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. B.Ismailov olib bordi.

0707.JPG

Agentlik Toshkent shahar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi S.Mo‘minov O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov tomonidan 2017-yil oktabr oyida tasdiqlangan “Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” dasturi tasdiqlanganligi va ushbu dasturga muvofiq, 2017-yil 10-noyabrigacha bo‘lgan muddatda aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq vaziyatlarning salbiy oqibatlari hamda gaz jihozlaridan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilariga ma’ruza qildi.

Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. B.Ismailov korxona va tashkilotlar rahbarlariga o‘z korxonalarida 2017-yil 10-noyabrgacha bo‘lgan muddatda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq vaziyatlarning salbiy oqibatlari hamda gaz jihozlaridan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazilishi, aholi gavjum joy (shohbekat, jamoat transportining oxirgi bekatlari, avtobus, tramvay, metro va yo‘nalishli taksi)larga tegishli mavzudagi plakatlar osib qo‘yilishi yuzasidan topshiriqlar berdi.

0701.JPG

Yig‘ilish so‘ngida avtomobil transporti sohasi xodimlari kuni tilga olinib, Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi bosh mutaxassisi V.Bozorov Avtotransport sohasidagi fidokorona mehnati, ishda erishayotgan yutuqlari va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan korxona va tashkilotlarga Toshkent shahar boshqarmasi nomidan minatdorchilik bildirdi. Shuningdek, “O'rta Osiyo Trans CTL” MChJ rahbari Vakkasov Shuxrat Kuchkarovich, “Aquamarin Group” MChJ rahbari Mutalov Sherzod Abduboxievich, “Jomiy Trans Servis” MChJ rahbari Ganiev Ravshan Raxmanberdievich, “Karvon Yo`L” MChJ rahbari Fedoza Dmitriy Vasilevich va “NEFTGAZMONTAJ” MChJ rahbari Qayumov Muso Saida’zamovichlarni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi fahriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

0730.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech