Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Oktabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 132

2017-yil 30-oktabr kuni Toshkent shahrida O’zbekiston tomonining tashabbusi bilan “Toshkent – Andijon – Osh – Irkeshtom – Qashqar” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro avtokarvonning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O’zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali ochilish marosimini O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri E.G’aniev ochdi. O’zbek, qirg‘iz va xitoy tomonidan so‘zga chiqqanlar avtomobil yo‘lagining ochilishi uch davlat O’zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy rahbarlari kelishuvlarining amaliy natijalari va global iqtisodiy rivojlanish jarayonlari integratsiyalashuviga intilishidir deb ta’kidladilar.

20171030_083131.jpg

Bu o‘rinda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yilning may oyidagi Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi vaqtida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitimning imzolanishi muhim ahamiyatga egadir.

Mazkur Bitim, davlatlar o‘rtasida muntazam avtomobilda yuk tashuvlarini qisqa tarzda amalga oshirish imkonini yaratadi. Bu esa, o‘z vaqtida, o‘zaro tovar aylanmasi hajmida ijobiy natija beradi va nafaqat O’zbekiston, Qirg‘iziston, shuningdek Xitoyning mavjud tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish imkonini yaratadi.

«O’zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» avtomobil yo‘lagining tez muddatda shakllantirilishiga Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti A.Atamboevning joriy yil oktyabr oyida O’zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ham alohida e’tibor qaratilgan edi. Tashrif yakuni bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida, ushbu avtomobil yo‘lagidan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi, 1996-yil 4-sentabrdagi xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida Bayonnoma imzolangan edi.

«O’zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» avtomobil yo‘lagining shakllantirilishi shubhasiz kelajakda uch davlat o‘rtasidagi aloqalarning yanada mustahkamlanishida, o‘zaro yuk aylanmasi va transport sohasida mintaqaviy hamkorlikning faollashishida katta ahamiyatga egadir.

Mazkur yo‘lakdan o‘zaro foydalanish har bir davlat uchun transport va tranzit salohiyatini oshirish imkonini beradi va avtomobil transportida tashqi savdo yuklarini tashishda qulay shart-sharoitlarni yaratadi, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarini qisqa yo‘l bilan bog‘lash bo‘yicha yangi strategik imkoniyatlarni yaratadi, avvalambor bir tomondan Xitoyni, boshqa tomondan O’zbekiston orqali Yevropa va Yaqin Sharqni.

Avtokarvonda uch davlatdan 9 ta avtotransport vositalari ishtirok etmoqda. Avtokarvonning harakat yo‘nalishi bo‘yicha umumiy masofa 900 km.ni tashkil etadi, shundan, O’zbekiston hududi bo‘ylab – 390 km., Qirg‘iziston (Osh – Irkeshtom) – 260 km., Xitoy Xalq Respublikasi bo‘ylab (Irkeshtom – Qashqar) – 250 km. Avtokarvonning o‘rtacha harakat tezligi soatiga 50-60 km.ni tashkil etgan taqdirda, butun yo‘nalish bo‘yicha yo‘ldagi tranzit vaqti ikki kundan oshmasligi kutilmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech