Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Yanvar 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 494

Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tashkil qilgan ushbu yig‘ilishda soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, avtomobilda tashuvlar xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari haqida so‘z yuritildi.

0121.JPG

Yig‘ilishda ishtirok etgan Toshkent shahar DSB mas’ul xodimi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli «O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyotining 2018-yil uchun mo‘ljallangan byudjet parametrlari to‘g‘risida»gi qarori va ushbu qaror bilan yuridik shaxslar uchun belgilangan soliq stavkalari, ularni to‘lash tartibi va muddatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Xususan, tashuvchilar ushbu qarorning 11-ilovasida keltirilgan jadvalning 5-bandiga asosan, yuk ko‘tarish qobiliyati 3 tonnagacha bo‘lgan transport vositasi uchun EKIHning 1,5 barobari, 8 tonnagacha bo‘lgan transport vositasi uchun 2 barobari, 12 tonnagacha bo‘lgan transport vositasi uchun 3 barobari va 12 tonnadan yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega transport vositalari uchun 3,5 barobarida belgilangan soliq to‘lovlari tijorat asosida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilishidan xabardor bo‘ldilar.

Boshqarmaning litsenziyalash va buxgalteriya hisobi shu’basi mudiri K.Sayfutdinovning ma’lum qilishicha, 2018-yilning yanvar oyida 27 ta korxona ijara asosida biriktirilgan 144 ta avtotransport vositasining litsenziya varaqalarini ularning amal qilishini muddatidan avval tugatish uchun taqdim etgach, avtotransport vositalari haydovchilari tibbiy va texnik ko‘riksiz, ya’ni noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullana boshlagan. Bu esa litsenziyalangan korxonalarning faoliyatiga va sog‘lom raqobatga jiddiy salbiy ta’sir etishi tabiiy. Shu munosabat bilan korxonalar rahbarlariga bu kabi holatlarning oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

0084.JPG

2018-yilning 18-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasining Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan fojia mamlakatimiz rahbariyatini avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini kuchaytirishga undadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori imzolandi. Boshqarmaning bosh mutaxassisi V.Bozorov ushbu qarorga ko‘ra, chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yo‘llarda muntazam avtobus qatnovlari tashkil etilishi, chegaradosh davlatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan O’zbekiston fuqarolarini noqonuniy tashish, ular ishtirokida baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida borgan mamlakatda avtotransport vositalarida xavfsizlik standartlari va talablarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik ta’minlanishi, 2018-yilning 1-fevralidan boshlab, yo‘lovchilar bilan Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan avtobuslar va mikroavtobuslar yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, barcha korxona rahbarlariga haydovchilarni reys oldi tibbiy ko‘rikdan va transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligi uqtirildi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochib, tezkor axborot kanallarini tashkil qilgani ma’lumot uchun yetkazildi.

Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Agentlik mutaxassislaridan batafsil javoblar olishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech