Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 May 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 114

O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent shahar boshqarmasida ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish hamda Boshqarmaning 2018 yil 8 fevraldagi yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturiga asosan joriy yilning 19 may kuni Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi hodimlari o‘rtasida “Stol tennisi” musobaqasi tashkillashtirildi.

Stol tennisi yoki ping-pong jahonda eng ommalashgan sport turlari sarasiga kiradi. Bu sport turi ham jismonan, ham ruhan quvvatbaxsh etuvchi ekanligi ayni haqiqat. Agentlik Toshkent shahar boshqarmasida yosh xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning salomatligini mustahkamlash singari ezgu maqsadlarda o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasi ham qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Musobaqada O.Nigmanov, Sh.Zokirov, A.Kondrasyuk, D.Dilshodov va F.O’tkirovlar kuchli beshlikdan o‘rin olishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech