Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 May 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 141

O’zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrdagi 378-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunining ijrosi doirasida o‘tgan yildan boshlab davlat boshqaruv va xo‘jalik organlari rahbarlarining hududlarda sayyor qabullar o‘tkazishi yo‘lga qo‘yilgan edi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturi doirasida navbatdagi uchrashuv Sirdaryo viloyati tashuvchilari bilan bo‘lib o‘tdi. O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V.Ismoilov joriy yilning 18 may kuni Sirdaryoga borib, viloyatdagi avtotransport sohasida olib borilayotgan ishlar, tegishli xukumat qarorlari ijrosi bilan tanishdi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 25-apreldagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 238-sonli qaroridan kelib chiqadigan vazifalarning amalda bajarilish jarayoni bilan qiziqdi.

9830.JPG

Kun davomida Agentlik boshlig‘i V.Ismoilov Sirdaryo viloyat hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tashuvchilar vakillari (tadbirkorlar) bilan ochiq muloqot samimiy va fikr almashish tarzida o‘tdi.

Agentlik boshlig‘i so‘z avvalida viloyatdagi barcha tashuvchilarni kuni kecha hukumatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning viloyatga tashrifi doirasida avtotransport sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar, sohani rivojlantirish istiqbollari, viloyatda transport tizimini takomillashtirish va bu borada Agentlik tomonidan olib borilayotgan sa’iy-harakatlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

So‘ngra yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar, ish jarayonida uchrayotgan muammoli masalalar va takliflarini bildirdilar.

Xususan, Sirdaryo tumanida joylashgan “Sirdaryo 2513-sonli avtojamlanma” DUK rahbari B.Qudratov murojaat qilib, avtojamlanma mulkiy majmuasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga o‘tkazib berilishi belgilanganligi, lekin, qo‘mita tomonidan qabul qilinmasdan, Sirdaryo tuman hokimligi tomonidan korxonaga tegishli bino va inshootlarni “nol” qiymatda investitsiya kiritish sharti bilan tadbirkorlarga berib yuborilayotganligini aytib, avtokorxonani saqlab qolishda amaliy yordam berishni so‘radi.

9837.JPG

Boyovut tumanida joylashgan “Niyat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi K.Jo‘raev murojaat qilib, keyingi vaqtlarda respublikamizda ilg‘or axborot texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi, Agentlik tomonidan tashuvchilarni ishini yengillatish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar barchani quvontirayotganligini ta’kidlagan holda, litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun arizalar berish tizimini elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotganligi bilan qiziqdi.

Guliston shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Sirdaryo yo‘lovchi avto trans” MChJ direktori M.Abdullaev shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha litsenziyalarni berish viloyat boshqarmalari orqali amalga oshirilishi katta qulaylik bo‘lganligi, “tender g‘olibi” guvohnomalarini berishni ham viloyat boshqarmalari orqali amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida, Sirdaryo tumani “Hamkor davr trans” MChJ ta’sischisi Sh.Alimuxammedov, yengil avtomobillarni ro‘yxatga olishda yo‘l fondiga ajratiladigan 3 foizlik yig‘imdan ozod qilish masalasida, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi uchun tashuvchi tomonidan sug‘urta badali bir yil muddatga to‘lanishi belgilab qo‘yilganligi ayniqsa, yengil avtomobillar uchun sug‘urta badalining qimmatligi qiyinchilik tug‘dirayotganligi, sug‘urta muddatini litsenziya varaqasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanishi maqsadga muvofiqligi, davlat bojini hisoblashda dollarda emas, so‘mda hisoblanishini iltimos qildi.

Agentlik boshlig‘i barcha savollarga batafsil javob berdi, qator masalalar shu yerning o‘zida hal etildi. Hududiy bo‘limning vakolatlari doirasida yechim topish mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan bo‘lim mutasaddilariga vazifalar topshirildi. Respublika miqyosidagi boshqa tashkilot va muassasalar yordamida bartaraf etiladigan muammolarga doir barcha savollarni esa V. Ismoilov alohida belgilab olib, o‘rnatilgan tartibda ko‘maklashishga va’da berdi.

Qabul yakunida bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi, shuningdek tashuvchilar o‘z muammo va takliflari yuzasidan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 202-22-55 raqamli “ishonch telefoni” va “Agentlik boshlig‘ining virtual qabulhonasi” Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkinligi yana bir karra eslatib o‘tildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech