Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Aprel 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 61

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O’RQ-378-sonli qonuni ijrosi yuzasidan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V.Ismoilovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rahbarlarining sayyor qabuli 5-aprel kuni Nukus shahrida bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi rahbari V.Ismoilov so‘zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2724-son qaroridan so‘z ochib, ushbu qaror ijrosi doirasida Qoraqolpog‘iston Respublikasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi uchun yangi avtobus va mikroavtobuslar xarid qilish, yangi avtostansiya qurilishi, yangi yo‘nalishlarni ochish, yo‘lovchi tashish transportida yo‘lkirani naqd pulsiz to‘lash tizimini joriy etish kabi vazifalarga birma-bir to‘xtalib o‘tdi.

Qabulda ishtirok etayotgan tashuvchi korxona va tashkilot rahbarlari o‘zlarining qiziqtirgan va faoliyatlari jarayonidagi muammo va takliflarini bildirdilar.

Jumladan, “Fortuna trans” MChJ rahbari J.Nizamaddinov, bugungi kunda avtotransport vositalarini kundalik texnik va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, avtotransport vositalarini ta’mirlash va saqlash uchun Agentlikga yer maydoni ajratish bo‘yicha xat berganganliklarini hamda uning ijobiy tarzda ijrosini ta’minlashni, “Mir-Adil Xalkabad” MChJ rahbari B.Auezov, Nukus shahrida yonilg‘i (solyarka) masalasi qiyin, fond yo‘q bo‘lganligi sababli sotib yuborganliklarini, yonilg‘iga fond olishda yordam berishlarini, «Jetpisbay trans» MChJ rahbari B.Matrzaev, korxonasida 6 dona “Isuzu” avtobusi borligi, yana 3 dona NC-40 markali avtobus olishga bankdan kredit chiqarishini, lekin “Sam Avto” MChJning Nukus shahridagi dileri shartnoma bermayotganligini va shartnoma olishda amaliy yordam berishlarini so‘radi.

Sayyor qabulda yana «Mir-Adil xalqabad» MChJ rahbari B.Auezov, shahar ichida avtobus va mikroavtobuslarning tarifini ko‘tarish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini, «Bayramat trans Nukus» MChJ rahbari R.Sulaymanov, Nukus shahrini rivojlantirish bo‘yicha Dastur ishlanib chiqilgan edi, davlat bojidan tushadigan 25 foizni Nukus shahridagi avtotransport sohasini rivojlantirishga ishlatsa bo‘ladimi degan savollar bilan murojaat qildilar.

Agentlik boshlig‘i barcha savollarga batafsil javob berdi, qator masalalar shu yerning o‘zida xal etildi. Hududiy bo‘limning vakolatlari doirasida yechim topish mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan bo‘lim mutasaddilariga vazifalar topshirildi. Respublika miqyosidagi boshqa tashkilot va muassasalar yordamida bartaraf etiladigan muammolarga doir barcha savollarni esa V. Ismoilov alohida belgilab olib, o‘rnatilgan tartibda ko‘maklashishga va’da berdi.

Qabul yakunida bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi, shuningdek tashuvchilar o‘z muammo va takliflari yuzasidan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 202-22-55 raqamli “ishonch telefoni”, “Agentlik boshlig‘ining virtual qabulxonasi” va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkinligi yana bir karra eslatib o‘tildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech