Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Noyabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 151

O’zbekiston avtomobil transporti agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan, viloyat prokuraturasi, DSB va YHXB bilan hamkorlikda 2018-yilning 27-oktyabr – 3noyabr kunlari Navoiy viloyati hududlari bo‘ylab qo‘shma reydlar o‘tkazildi. Ushbu red tadbirlarida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan noqonuniy, ya’ni litsenziyasiz shug‘ullanib, aholiga pullik transport xizmat ko‘rsatib kelgan 61 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi vaularga qarashli avtotransport vositalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan to‘plangan daliliy ashyolar viloyatdagi ma’muriy sud organlariga qonuniy chora ko‘rish uchun taqdim qilindi.

2018-yil 3-noyabr kuni O’zbekiston avtomobil transporti agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi binosida Navoiy viloyati, Karmana tumani ma’muriy sudlar ishi bo‘yicha sudi raisi F.Jumaqulov boshchiligida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Sudda huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda, ya’ni MJtKning 1763 va 165-moddalariga asosan eng kam ish haqining 7 barobaridan 20 barobarigacha bo‘lgan miqdorda ma’muriy jazolar tayinlandi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech