Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
26 Avgust 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 288

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-sonli qarori hamda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining 2018-yil 1-avgustdagi “Hududiy boshqarma inspektorlarini xizmat safariga jo‘natish to‘g‘risida”gi 453-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlikning Navoiy viloyat boshqarmasining “Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limi” 4 nafar inspektori avgust oyida Samarqand viloyatida xizmat safarida bo‘lishdi.

Xizmat safari davomida ikki viloyat inspektorlari tuman va shaharlarda noqonuniy ravishda avtomobil transportlarida yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sodir qilinayotgan qonunbuzarliklarni aniqlab, ularga qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish hamda yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan tashuvchilarning litsenziya talab va shartlari hamda tender talab shartlarini bajarilishi yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda Samarqand viloyat IIB xodimlari hamkorligida qo‘shma reyd tadbirlarida qatnashdilar.

Qo‘shma reyd natijasida litsenziya bitim talabi va shartlariga hamda tender kontrakti majburiyatlariga rioya qilmasdan yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanayotgan haydovchilarga nisbatan 36 ta rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni tegishli choralar ko‘rish uchun “Avtomobil transportida yo‘lovchi hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Agentlikning Samarqand viloyat boshqarmasi komissiya”siga taqdim etildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech