Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Oktabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 101

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2017-yil 27-iyundagi “Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat boshqarmasi hamda hududiy boshqarmalarning Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘‘basi xodimlariga qo‘yiladigan Malakaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 221-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tanlovning birinchi bosqichi umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha boshqarmaning 2017-yil 15-sentabr kunidagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan kichik komissiya tarkibi tasdiqlab olindi.

Kichik kimissiya tomonidan 2017-yil 19-sentabr kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida o‘tkazilgan tanlovda 82 nafar nomzoddan jami 79 nafari yoki 96,34 foiz ishtirokchilar (nomzodlar) umumjismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tanlovda ishtirok etdi. Nomzodlarning 3 nafari ma’lum sabablarga ko‘ra qatnashmadi.

Jami ishtirok etgan nomzoddan 54 nafari tanlov ko‘rsatkichlarini bajarib, tanlovning navbatdagi bosqichi, yozma ish (diktant)da ishtirok etishiga ruxsat etildi.

2017-yil 20-sentyabr kuni Qarshi shahridagi “Nasaf study” NTM qoshidagi “Ulug`bek” o‘quv markazida o‘tkazilgan tanlovga qo‘yilgan ishtirokchilar (nomzodlar)ning yozma ish (diktant) yozish uchun jami 54 ta nomzoddan 54 nafari yoki 100 foiz nomzodlar ishtirok etdi va 33 nafar nomzod tanlovning navbatdagi bosqichi “individual-psixologik o‘rganish testiga” kiritishga ruxsat etildi va baholandi.

Diktant natijalariga ko‘ra, 33 nafar nomzodlar tanlovning navbatdagi bosqichi “individual-psixologik o‘rganish test” da ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 16 nafar nomzodlar “individual-psixologik o‘rganish test”da ijobiy natijalarga erishganliklari aniqlandi.

O’tkazilgan tanlov natijalarining umumiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, komissiya xulosasiga asosan, 16 nafar nomzodlarning ishga qabul qilish uchun ro‘yxatlari aniqlandi va komissiya tamonidan kelgusida mehnat shartnomasi tuzishga tavsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bunday tanlovlar Agentlikning barcha hududiy boshqarmalarida bo‘lib o‘tadi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech