Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Iyun 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 117

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi "Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2724-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-2021-yillarda Navoiy viloyatida 3 ta avtostantsiya qurilishi va 1 ta avtostantsiya rekonstruktsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 2017-yil davomida 2 ta avtostantsiya qurilishi Uchquduq va Navbahor tumanlarida amalga oshiriladi.

Xususan, Uchquduq tumanidagi “Yerlar-ota” avtostantsiyasi umumiy qiymati 500 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Bugungi kunda qurilish ishlari “Yerlar ota” MChJ tomonidan olib borilayotgan bo‘lib, ishlar 85 foizga bajarilgan. Avtostantsiya hududining asfalt bilan qoplanmagan qismi joriy yilning iyul oyiga qadar to‘liq asfaltlanishi va sanitariya gigiena xonalari qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Navbahor tumanida qurilishi rejalashtirilgan avtostantsiya “Navbahor Maksimum Gold” MChJ tomonidan qurib bitkaziladi. Bugungi kunda qurilish qiymati 264 mln. so‘mni tashkil etayotgan avtostantsiya ishlari 90 foizga bajarildi.

Bundan tashqari, Navoiy shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan "Navoiy Dildora Dizayn" MChJga ajratilgan yer maydonida korxona tomonidan namunaviy loyihadagi avtostantsiya qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta xujjatlari tayyorlanib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Hozirgi kunda avtostantsiya atrofi temir panjaralar bilan o‘ralib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

O’z navbatida namunaviy loyiha asosidagi ushbu avtostantsiyaning qurilishi esa Navoiy shahri va Karmana tumani aholisi uchun qulayliklar yaratadi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech