Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Mart 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 153

O’zbekiston hududida tranzit qilish tartibini soddalashtirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni imzolandi. Mazkur hujjatning loyihasi O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

PF-5366-son "O’zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tkazish tartibini yanada soddalashtirish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonda ta’kidlanishicha, mamlakatning transport salohiyatini rivojlantirish va ishonchli tranzit yo‘llarini shakllantirish maqsadida, 2018-yilning 1-martidan boshlab, Respublika hududidan aksiz solig‘iga tortiladigan mahsulotlarni avtomobil va temir yo‘l orqali tranzit qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech