Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Noyabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 59

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida «9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi.

0919.JPG

Tadbirda Agentlik Markaziy apparati, ATRNTT Respublika markazi, Agentlikning Toshkent shahri hududiy boshqarmasi xodimlari, avtotransport korxonalari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etishib, Ma’naviyat targ‘iboti markazining huquqiy targ‘ibotlar bo‘yicha lektori, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori O. Muhamedjanovning «Korruptsiya – jamiyat taraqqiyotiga taxdid» mavzusidagi ma’ruzasini tinglab o‘zlarining muhim huquqiy bilimlarini oshirdilar.

– 2017-yilning 3-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish orqali korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlik muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan» – deya so‘z boshladi ma’ruzachi.

Qonunning 5-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta’minlashdan iboratdir.

0929.JPG

Korruptsiya bugun paydo bo‘lgan illat emas. U avvaldan mavjud bo‘lib, har qanday jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlatning o‘z ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy funktsiyalarini talab darajasida bajarishiga monelik qiladi. Mamlakatimizning 1997-yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida ham korrupsiya milliy xavfsizlikka tahdid deya e’tirof etilgan edi. Uning xavf-xatari shu darajada kuchli va davlat xavfsizligiga tahdid solar ekan, bu illatga qarshi kurash ham shu darajada keskinlik bilan, keng miqyosda va izchil olib borilishi lozim. Chunki bu ofat milliy iqtisodni qo‘poradi, ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarib, jamiyat a’zolarining davlatga ishonchini susaytiradi.

Tadbir yakunida ma’ruzachi OAV vakillari va boshqalarning mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga doir savollariga atroflicha javob berdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech