Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Avgust 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 187

Navoiy viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini bajarilishi barobarida viloyatda turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Zarafshon shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Erkin Emina Express Tour” MChJ o‘z mablag‘lari hisobidan 2 dona (har birining umumiy bahosi 100 ming AQSh dollari) Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan zamonaviy “Youtong” rusumli yumshoq o‘rindiqli avtobus sotib oldi.

— “Ushbu avtobuslar o‘zining tashqi ko‘rinishi, avtobus salonining shinamligi, o‘rindiqlar holatini turli o‘lchamlar bo‘yicha o‘zgartirish mumkinligi va jahon standartlariga to‘liq javob berishi bilan yo‘lovchilarga qulayliklar yaratadi” – deydi, korxona rahbari H. Nasrulloev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu avtobuslar bilan xorijiy davlatlardan O’zbekiston Respublikasi, xususan Samarqand, Buxoro, Toshkent shahriga tashrif buyuradigan sayyohlarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlari ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Kelgusida “Erkin Emina Express Tour” MChJ tomonidan yana xuddi shunday 3 dona zamonaviy avtobus xarid qilinadi va ochilishi rejalashtirilayotgan “Navoiy-Almati” xalqaro avtobus yo‘nalishiga biriktirilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun “Erkin Emina Express Tour” MChJ 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda korxona balansidagi jami 6 ta turli rusumdagi avtobus bir kator yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga avtotransport xizmatini ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda jamiyat tomonidan 20 nafardan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech