Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Iyun 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 134

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10-yanvarda imzolagan “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori ijrosi yuzasidan Navoiy viloyatida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, qarorda yangi avtobuslar sotib olish va avtoparklarni yangilash bilan birgalikda yangi yo’nalishlar ochish ham ko‘zda tutilgan.

Jumladan, Navoiy viloyati, Uchquduq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Uchquduq Qimiz” MChJ tomonidan o‘ziga biriktirilgan VHYT 507-sonli “Uchquduq - Navoiy” yo‘nalishi ochilib, yengil avtomobillar qatnovi yo‘lga quyildi. O’z o‘rnida korxonada 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, viloyatning Navbaxor tumanidagi “Karmana avtoekspress” MChJ tomonidan VHYT-514 “Zarafshon-Navoiy” shahar atrofi yo‘nalishi buyicha ham yangi yo‘nalish ochildi. Ushbu yunalishda 20 ta mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilib, korxonada yangi 20 ta ish o‘rinlari yaratildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech