Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Avgust 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 173

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i V.Adizov Navoiy shahrida yuk va yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan korxonalarning vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul avvalida Boshqarma boshlig‘i mamlakatimizda avtotransport sohasini yanada rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikka qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-sonli qarori va ushbu Qarorga asosan qabul qilingan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng tashuvchilarning ish faoliyatida mavjud muammolar, munozarali masalalarni hal etish hamda sohani rivojlantirishga oid takliflarni o‘rganish uchun ochiq muloqot tashkil qilindi.

Sayyor yig‘ilishda V.Adizov tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdi, boshqa davlat idoralari va markaziy tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etiladigan masalalarni alohida belgilab olib, Agentlik rahbariyati orqali hal qilishga va’da berdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech