Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Iyun 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 51

Joriy yilning 22-iyun kuni O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari Toshkent shahrida yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtomobillar egalari va haydovchilari ishtirokida Toshkent shahri M.Ulug‘bek tumanida joylashgan Diadora chorrahasi, Gulsanam ko‘chasida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Sayyor yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosini ta’minlash va “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi chora-tadbirlaridan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Yig‘ilishda Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimi O.Ostonov 2018-yil O’zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da Respublikamiz aholisini turmush tarzini yaxshilash, xalq bilan bevosita muloqotda bo‘lish, avtotransport vositalarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, haydovchilar bilan yo‘riqnomalarni doimiy ravishda o‘tkazib borish va xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, Agentlik Toshkent shahar boshqarmasi xodimi J.Axmedov
2017-yil 5-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida o‘tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-sonli hamda 2017-yil 2-fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘g‘risida”gi PQ-2753-sonli qarorlaridan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilish qarori tegishli bandlarini, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni qonuniy litsenziya olib ishlash, yo‘lovchilarni va ularning yuklarini tegishli hujjatlarini so‘rash, noqonuniy yuklarni tashishdan bosh tortish, naqt pul tushumlari bilan qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda ishlash (kunlik tushumni korxonaga topshirib, inkasattsiya qilish), xizmat ko‘rsatish sifati oshirish yuzasidan avtomobillar egalari va haydovchilariga tushuntirishlar berdi.

Haydovchilar tomonidan litsenziya uchun davlat boj to‘lovlari yuzasidan berilgan savollarga Agentlik Toshkent shahar boshqarmasi xodimi O.Ostonov xaydovchilarga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentyabrdagi 739-qarori bilan shaharda va shahar atrofida yuk tashish bitta kartochkaga qayd etilishi va davlat bojlari eng kam ish xaqiga o‘tkazilganigi to‘g‘risida etib o‘tildi.

Shuningdek, xaydovchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 29-dekabrdagi PF-3454 farmoni bilan qo‘yilgan soliq stavkalari bo‘yicha ma’lumot yetkazildi.

Haydovchilarga yuk tashish bo‘yicha kerakli topshiriq va vazifalar belgilab ya’ni yuk tashish jarayonida xarakat xavfsizligiga rioya etilish noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan yuklarni tashimaslik hamda extiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilarga tushuntirishlar berib o‘tildi.

Yuqoridagi masalalar yuzasidan yengil avtomobillari egalari va haydovchilarini takliflari tinglandi hamda uchrashuv qatnashchilari tomonidan berilgan barcha savollarga javoblar berildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech