Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Fevral 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 438

Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘‘tabar va mukaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimiznint qon-qoniga singib ketgan.

0318.JPG

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida"gi qarori imzolagani va bu bilan jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan Boshqarmada yosh kadrlarni erkin mavzuda badiiy asarlarni mutolaa qilish va xodimlarga taqdimot ko‘rinishida tadbiq etish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi.

Ushbu dasturga muvofiq 2018-yil 19-fevral kuni Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi bosh mutaxassisi X.Rixsiev jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi va "Hamsa"ning yakunlovchi dostoni "Saddi Iskandariy" to‘g‘risida ma’ruza qildi.

0320.JPG

— Nizomiddin Mir Alisher 1441-yil 9-fevralda Hirotda tug‘ilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulug‘ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja o‘g‘li Shohrux Mirzoning qo‘l ostidagi obod manzillaridan biri edi. Alisher tug‘ilgan xonadon Temuriylar saroyiga azaldan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi – deydi, jumladan ma’ruzachi.

Bo‘lg‘usi shoirning otasi G’iyosiddin Muhammad o‘g‘lining tarbiyasiga jiddiy e’tibor berdi. Alisherning she’riyatdagi ilk ustozi tog‘asi Mir Sayyid Kobuliy va Muhammad Ali G’aribiylardir.

1483-yildan Alisher Navoiy o‘zining buyuk «Xamsa» asarini yozishga kirishdi va uni uch yilda tugalladi. Besh dostonni o‘z ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq bo‘lib, Navoiyning barcha she’riy merosini deyarli yarmini tashkil qiladi. «Xamsa» — Alisher Navoiy ijodining qalbidir.

Navoiy o‘z «Xamsa»sini yaratishga 1483-yilda kirishgan bo‘lsa, uning birinchi dostoni «Hayrat ul-abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi»)ni o‘sha yili yozib tugatdi. 1484-yilda «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor» («Yetti sayyor»), 1485 yilda «Saddi Iskandariy» dostonini poyoniga yetkazdi.

"Saddi Iskandariy" ("Iskandar devori") — "Xamsa" Navoiyning yakunlovchi dostoni (1485-yil) Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat bo‘lib, Navoiy ijodidagi eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida Turkiyda yozilgan.

X.Rixsiev ma’ruzasida ushbu asarni keng yoritgan holda tinglovchilarga asar mohiyatini hamda asardan olgan hulosasini bayon qildi.

Tadbir yakunida xodimlarning barcha savollariga ma’ruzachi tomonidan to‘laqonli javob berildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech