Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 May 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 536

Farg‘ona viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shahar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash shuningdek, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da aholiga sifatli va namunali avtobus xizmatini tashkil qilish maqsadida chekka hududlardagi qishloqlar aholisiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash maqsadida shaxsan viloyat hokimining tashabbusi bilan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Farg‘ona viloyati bo‘limining ko‘magida viloyatimizning eng chekka anklav hududi bo‘lmish Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘ini Viloyat markazi Farg‘ona shahri bilan bog‘lovchi “Shohimardon-Farg‘ona” avtobus yo‘nalishi qayta yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalish Farg‘ona shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Farg‘ona Oltin Vodiy Navkari” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda 2 dona Isuzu SAZ NP 21 rusumli avtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

2013-yil avgust oyidan beri avtobus qatnovi to‘xtab qolgan ushbu yo‘nalishni 2017-yil 25-aprel kunidan boshlab yo‘lga qo‘yilganidan Shohimardon xalqining xursandchiligi cheksiz, – deydi “Farg‘ona Oltin Vodiy Navkari” MChJ ishlatish bo‘limi boshlig‘i Valijon Sobirov. Bugungi kunda korxona tomonidan aholining talab-extiyojiga qarab turib ushbu yo‘nalishda ishlovchi avtobuslar sonini 4 donagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Avtobus yo‘nalishini yo‘lga qo‘yilishi natijasida Shohimardan aholisini tuman, viloyat markazi va viloyatning boshqa hududlari bilan aloqani yaxshilash, talablarni o‘quv maskanlariga, aholini davolanishi uchun shifoxonalarga kelib-ketishlariga va boshqa yumushlarni bajarishlariga qulay shart-sharoitlar yaratildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech