Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Sentabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 676

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash bo‘yicha va avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni tashishni litsenziyalash mexanizmni takomillashtirish, avtomobillarda tashuvchilarning faoliyati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 739-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari tasdiqlandi.

Quyidagi jadval asosida ushbu davlat bojlari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

2.jpg


Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari haqida

MA’LUMOT


Faoliyat turlari

Sig‘imi (yo‘lovchi o‘rni va yuk ko‘tarish quvvati, tonna)

Avtomototransport vositasining bir yilligi uchun davlat boji summasi (eng kam oylik ish haqi karraligida)

1) yo‘lovchilarni shaharda tashish

avtobuslar

14 o‘ringacha

1,0

14 o‘rindan ortiq

2,5

mikroavtobuslar

1 ta transport vositasi uchun

8,0

engil avtomobillar

4 o‘ringacha

2,0

4 o‘rindan ortiq

3,5

2) yo‘lovchilarni shahar atrofida tashish

avtobuslar

19 o‘ringacha

2,0

19 o‘rindan ortiq

4,0

mikroavtobuslar

1 ta transport vositasi uchun

8,0

engil avtomobillar

4 o‘ringacha

2,0

4 o‘rindan ortiq

3,5

3) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish

avtobuslar

30 o‘ringacha

6,0

30 o‘rindan ortiq

16,5

mikroavtobuslar

1 ta transport vositasi uchun

19,5

engil avtomobillar

1 ta transport vositasi uchun

5,5

4) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish

avtobuslar

12 o‘rindan ortiq

28,0

mikroavtobuslar

1 ta transport vositasi uchun

22,0

engil avtomobillar

1 ta transport vositasi uchun

7,0

5) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish

3,5 tonnagacha

1,0

3,5 tonnadan 10 tonnagacha

2,5

10 tonnadan 16 tonnagacha

4,0

16 tonnadan ortiq

5,5

6) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish

3,5 tonnagacha

2,0

3,5 tonnadan 10 tonnagacha

4,0

10 tonnadan 16 tonnagacha

5,5

16 tonnadan ortiq

7,0

7) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish

1 ta transport vositasi uchun

7,0


Eslatma: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 739-son qarori qabul qilinganligi munosabati bilan 21-sentabrgacha litsenziya rasmiylashtirilayotgan yagona axborot tizimiga  tegishli o'zgartirishlar kiritiladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech