Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Sentabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 98

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2724-son qarori talablari bugungi kunda barcha avtotransport sohasiga aloqador jismoniy va yuridik shaxslarning bosh vazifasiga aylangan.

Xususan, Samarqand shahridagi “Sam Avto” MChJda ishlab chiqarilgan “Isuzu” rusumli avtobuslarning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishdagi sifati va qulayligini inobatga olib, respublikamizdagi barcha avtokorxonalar o‘z avtoparklarini ushbu avtobuslar bilan boyitishni maqsad qilib qo‘yishgan.

Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “Maymanoq trans texnika” mas’uliyati cheklangan jamiyati “O’zsanoatqurilish” bankining Muborak filialidan 3 yil muddatda qaytarish sharti bilan 245 mln. 500 ming so‘m kredit olib, joriy yil iyul oyida O’zbekistonda ishlab chiqarilgan 26 ta o‘rindiqli 2 ta yangi “Isuzu” rusumli avtobuslarni xarid qildi.

Bugungi kunga kelib korxona yangi avtobuslarga yo‘lovchi tashish faoliyati ko‘rsatish uchun litsenziya varaqalari oldi hamda yo‘lovchi tashish uchun malakali haydovchilarni ishga qabul qildi.

Ushbu avtotransportlar olib kelinishi bilan korxonada yana qo‘shimcha
2 ta ishchi o‘rni tashkil etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri aholisiga sifatli va qulay avtotransport xizmatini ko‘rsatish maqsadida "Jetpisbay trans" MChJ 3 dona ISUZU HS 40 rusumli avtobus sotib oldi.

Korxona ushbu avtobuslarni sotib olish uchun "Milliy" bankning Hykyc filiali tomonidan 399 mln. 500 ming. so‘m kredit rasmiylashtirdi. Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan ISUZU HC 40 rusumli ushbu avtobuslar Nukus shahridagi yo‘lovchi oqimi ko‘p yo‘nalishga biriktirildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech