Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Avgust 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 259

Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi. Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq xayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning yigirma olti yillik tantanalarini “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O’zbekiston!” shiori ostida munosib kutib olish va nishonlashga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda.

Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19-20-avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.

Ushbu farmoyish ijrosi yuzasidan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va uning hududiy boshqarmalarida xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha buyruq qabul qilindi hamda 19-20 avgust kunlari xayriya hashari o‘tkazildi. Hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.

Begona o‘tlar, ariqlar tozalanib, chiqindi va axlatlar olib tashlandi. Daraxtlar oqlanib, gul va dov - daraxtlarga shakl berildi. Ushbu xayriya hasharida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida o‘tgan ushbu tadbir xalqimiz yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, yaratish va bunyodkorlik zavqi bilan yashayotganini, buyuk kelajak, farovon hayot barpo etishga intilayotganini yana bir karra namoyish etdi.

Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishi bilan ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz, shu kabi hashar Agentlikning Toshkent shahar va barcha viloyat boshqarmalarida bo‘lib o‘tdi.

0066.JPG

0075.JPG

0081.JPG

0091.JPG

0087.JPG

0115.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech