Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 Mart 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 219

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.

Yurtimizda har yili Navro‘z umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini o‘tkazish odat tusiga kirgan.

Hukumat farmoyishi asosida mamlakatimizda joriy yilning mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi deb e’lon qilindi. Oylik doirasida 18-19-mart kunlari O’zbekiston avtomobil transporti agentligida ham bayram nishonlanishi oldidan xayriya hashari o‘tkazildi.

Agentlik va uning tasarrufidagi tashkilot xodimlari qatnashgan xayriya hasharida Agentlik binosi va hovli atroflari tozalandi hamda tartibga keltirildi.

Bunday tadbir Agentlikning barcha hududiy boshqarmalarida ham o'tkazildi.

0487.JPG

0478.JPG

0489.JPG

0500.JPG

0498.JPG

0462.JPG

0503.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech