Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Avgust 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 150

Bayramlar va boshqa qutlug‘ sanalar oldidan obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish xalqimizga hos odat bo‘lib qolgan. Chunki qut-barakaning boshi ozodalikda, fayz-tarovat faqat obod joydagina bo‘ladi.

Tirishqoqlik va uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi.

Eng ulug‘, eng aziz ayyomlardan Qurbol hayiti hamda Mustaqillik bayrami oldidan ham shunday bo‘ldi. Joriy yilning 18 avgust kuni o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari davomida O’zbekiston avtomobilm transporti agentligining Markaziy apparati va barcha viloyatlardagi hududiy boshqarmalari binosida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va sanitariya-gigiena ishlari amalga oshirildi.

Unda Agentlikning barcha xodimlari qatnashib, binolarning ichki va tashqi hovlilari, uning atrofidagi ariqlar va yo‘laklar tozalandi, chiqindilar tashkiliy ravishda chiqarilib tashlandi. Daraxtlar oqlanib, ularga ishlov berildi.

Muhimi, hashar kunlari joylarda nafaqat obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, balki Agentlik tizimida tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lar O’zbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondining hisob-raqamiga o‘tkazildi. Bu mablag‘lar aholining ehtiyojmand qatlamiga, yolg‘iz qariyalar, nogiron va muhtojlar holidan xabar olish, kam ta’minlangan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga moddiy va ma’naviy jihatdan ko‘mak berish, ijtimoiy yordam ko‘rsatishdek xayrli amallarga sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Xalqimizning boy tarixi, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi hasharning tub zamirida ajdodlarimizning insoniylik, mehr-oqibat, o‘zaro hamjihatlik, yurtga muhabbat, kabi ezgu fazilatlari mujassam.

Bir so‘z bilan aytganda, eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida o‘tgan ushbu tadbir xalqimizning yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik zavqi bilan yashayotganligini, buyuk kelajak, farovon hayot barpo etishga intilayotganligini yana bir karra namoyish etdi.

12222.jpg

c8ba76a9-3a59-46a7-b618-18d9d7ffd171.jpg

6880ecb7-3cf7-452b-9fc0-7199858f062b.jpg

34f47b18-6a14-468d-a284-64ca1e02491e.jpg

6b40622c-9f75-4aeb-aab7-d089e5faaf1e.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech