Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Mart 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 448

Fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor yurtimizga o‘zi bilan bir qator bayramlarni boshlab keladi. Ko‘klamning tarovatini qalblarimizga yanada chuqurroq kirib borishida xalqimizning milliy bayramlaridan biri Navro‘zning o‘rni beqiyos. Navro‘z yangi kunning boshlanishi demakdir. Bu kun barchaning yuzida tabassum, ko‘zlarida quvonch ufurib turadi. Bu ulug‘ bayram insonlarni yangilikka, yaratuvchanlik va bunyodkorlikka undaydi. Kun bilan tun tenglashadigan bu ezgu kunni yoshu qari birdek intiqlik bilan kutadi.

Navro‘zda barcha bir-biriga mehr-oqibat, muruvvat ko‘rsatadi. Qariyalar holidan xabar olinib, mahalla-ko‘y xalqimizning noyob an’anasi sanalgan hasharga otlanadi. Bayram bahonasida do‘stlik, birodarlik rishtalari mustahkamlanib, qo‘ni-qo‘shnilar bir-birlariga ko‘klamning tansiq taomlarini ulashadilar. Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida Navro‘z ayyomi yanada ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.

18-mart kuni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida Navro‘z - umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin !” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

IMG_0116.JPG

Tadbirda Agentlik boshlig‘i V.Ismailov Agentlik xodimlarini, ularning oila a’zolari va barcha yaqinlarini Navro‘z ayyomi bilan qutlab, xonadonlarining obod bo‘lishi, bahor va bayram kayfiyati hech qachon tark etmasligini tilagan holda O’rta Osiyoda mashhur Navro‘z bayrami va marosimlari juda uzoq davrlardan beri nishonlanib kelinishi, bu bayram asli qadimiy dehqonchilik kalendari bilan bog‘liq bo‘lib, yerning shimoliy yarim sharida bahor kecha bilan kunduz teng kelgan kunlari 20-21 martda boshlanishi, o‘sha davrda butun tabiat uyg‘ona boshlashi, yer bag‘ridagi barcha mahluqot va mavjudotlarning, qurt-qumursqalar, o‘simlik va o‘t-o‘lanlarning jonlanishi ro‘y berishi, bahor yomg‘irining birinchi tomchisini to‘kishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalar yetilguncha va o‘simlik unib chiqa boshlaguncha davom etgan vaqtda kelishi, shuning uchun Navro‘z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilinganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Shu kuni Agetlikda dasturxon yozildi, Navro‘z taomlaridan sumalak, xalim va ko‘k somsalar tayyorlanib, osh dasturxoniga tortildi. Tadbirga tashrif buyurgan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, bayramga yanada fayz qo‘shdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech