Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Noyabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 99

Halollik va insonparvarlik, yuksak ma’naviyat bo‘yicha xabardorlik darajasini oshirish va axborot berish maqsadida joriy yilning 1-noyabr kuni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida “Halollik va insonparvarlik – yuksak ma’naviylik ifodasidir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi “Ma’naviyat targ‘ibot markazi”ning ilmiy ekspertiza bo‘limi boshlig‘i I.Daminov o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.

0745.JPG

— Halollikning yanada kengroq ma’nodagi jihatlari bu turmushdagi halollik, o‘zaro muomala-munosabatdagi halollik, jamoa orasidagi halollik, savdo-sotiqdagi halollik, do‘stlar o‘rtasidagi halollik va shu kabilardir. Yuragi, qalbi pok va toza, halol yo‘ldan yurgan insonlar hamisha xotirjam bo‘ladi, ko‘ngli ravshan, doimo sihat-salomat yuradi. Xorazmlik qomusiy olim, buyuk alloma Mahmud az-Zamahshariy bu haqda shunday deb nasihat qiladi: “Halol va pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga hiyonatu- yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir” – deydi, ma’ruzachi.

Hayot, asosan oiladan boshlanadi. O’zbek xalqida “qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan naql bor. Demak, ota-ona pok va halol bo‘lsa, farzandi ham shu ruhda kamol topadi. Farzanddagi yaxshi fe’l va amallar halol luqmadandir.

Xulosa shuki, poklik va halollik iymonli bo‘lishning asosiy shartidir. Insondagi yaxshi yoki yomon illatlarning uning iymoniga, ya’ni pokligi va halolligiga bog‘liq. Inson iymonining pokligiga doimo shayton rahna solib, uni yo‘ldan adashtirmoqchi, noshar’iy yo‘llarga solmoqchi, halollik, poklik yo‘lidan urmoqchi bo‘lib qalbida g‘ulg‘ula uyg‘otishga harakat qiladi. Shuni yaxshi esda saqlashimiz kerakki, poklik va halollik yonida doimo uni shu yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘lgan shaytoniy vasvasa hamroh bo‘lib yuradi. Ozgina iymon yo‘lidan toyilishga moyillik bo‘lsa, o‘sha yerda darrov shaytoniy hissiyot bosh ko‘taradi. Shuning uchun doimo iymon, poklik va halollik yo‘lida xushyor turishimiz kerak.

Insonparvarlik bu o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. U purma’no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik inson, xalqning ajralmas hislati tarzida ko‘zga tashlanadi. Qur’oni Karim insonparvarlik g‘oyalari asosiga qurilgan. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr shafqatida, diyonatda, o‘zaro ko‘maklashuvida hamdardlikda, boshqalar qayg‘usiga sherik bo‘lib, quvonchidan va baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan fahrlanishda ko‘rinadi. Xususan, Navoiy ijodida insonparvarlik alohida ahamiyat kasb etadi. Uningcha, vatanga, xalqqa sadoqat eng avval uning taqdiri ustida g‘amxo‘rlikdan iboratdir. Insonga nisbatan beparvolik, uning taqdiri va baxtu-saodati ustidagi g‘am yemaslik tarafi inson uchun tamomila yotdir.

Yigilish asosiy.JPG

Prezidentimiz va O’zbekiston davlatining eng ulug‘vor va insonparvarlik g‘oyalaridan biri-ichki va tashqi tinchlik siyosatidir. Inson tug‘ilgan ekan, u yashashi kerak. Yashash uchun tinchlik zarur, demak, davlatimizning tinchlik siyosati insonparvarlik siyosati mazmuni bilan yo‘g‘rilgan. O’z millatiga sadoqatli bo‘lish millatparvarlik bilan hamohang tushunchadir. Millatparvarlik u har bir inson uchun yuksak burch sanaladi. O’z millatini sevmagan o‘zini ham, vatanini ham seva olmaydi. Millatparvarlik o‘z millatini boshqa millatlardan ustun qo‘yish kamsitish kabi (millatchilik va shovinizm) jirkanch harakatlardan tubdan farq qiluvchi tuyg‘udir. Millatparvarlik o‘z millatining birligini mustahkamlash, o‘z tili, urf-odatlari, an’analarini rivojlantirish, qadriyatlar va me’roslarini ko‘z qorachig‘iday asrash o‘z millatini kelajagi uchun xizmat qiluvchi aql zakovat salohiyatni rivojlantirish va milliy tarbiyani amalga oshirish yo‘lida fidoiy bo‘lishdir.

Bugun Mustaqil O’zbekistonni jaxonda o‘z munosib o‘rnini topishi, millatimizning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish ona zaminda yashayotgan barcha millat va elatlar vakillari bilan barqaror rivojlanish yo‘lida faoliyat ko‘rsatgan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov nomi millatparvarlikning yorqin ifodasi sifatida xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin olgan.

Shuningdek, tadbir davomida ma’ruzachi korrupsiyaga qarshi kurashish kabi dolzarb masalaga ham qisqacha to‘talib o‘tdi. Bugungi kunda, nafaqat davlat organlari, balki barcha fuqarolarimizni birlashtirgan holdagina korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijalarga erishish mumkinligi, bu borada olib borilgan muvaffaqiyatli sa’y-harakatlar jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi va bu illatga qarshi kurashish borasida muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish lozimligi to‘g‘risida fikr bildirildi.

Tadbirda Agentlik Markaziy apparati, ATRNTT Respublika markazi, Avtodaryotrans-Ilm davlat ilmiy-metodik markazi, Agentlikning Toshkent shahri hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirok etishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech