Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Aprel 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 309

O’zbekiston avtomobil transporti agentligida «Giyohvandlik inson hayotining kushandasi» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik Markaziy apparati, «O’zavtotranstexnika» ilmiy-ishlab chiqarish markazi DK hamda Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari ishtirok etishib, O’zbekiston Respublikasi “Ma’naviyat targ‘ibot markazi”ning huquqiy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori G.Matkarimovaning «Giyohvandlik inson hayotining kushandasi» mavzusidagi ma’ruzasini tinglab o‘zlarining muhim huquqiy bilimlarini oshirdilar.

0522.JPG

Tadbirni Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari - Sh.Shovahobov ochib, mamlakatimizda giyoxvandlikka karshi kurashish, narkotik moddalarni yetishtirish xamda uning noqonuniy tarqalishining oldini olish borasida izchil harakatlar amalga oshirilayotgani, bu borada qator qonun va qarorlar qabul qilinib, bu illatga qarshi muntazam ravishda chora-tadbirlar qo‘llanilayotganligi to‘g‘risida so‘zlab, mavzu yuzasidan ma’ruza qilish uchun so‘zni G.Matkarimova berdi.

— Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ushbu salbiy holatlarga qarshi ogohlikka chorlovchi targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish yo‘lga ko‘yilganligi, giyohvandlik ijtimoiy illat, ma’naviy va jismoniy kasallikdan boshqa narsa emasligiga qaramasdan uning shavqatsiz fojea ekanligini teran anglamay, unga chalinib qolayotganlar oz emas, - deya o‘z ma’ruzasini boshladi G.Matkarimova.

0525.JPG

Psixoaktiv moddalar giyohvand va taksik moddalarga ruju qo‘yish, surunkali ravishda ularga o‘rganib qolish bir qator mamlakatlar aholisi ayniqsa yoshlar salomatligiga putur yetkazayotgan eng daxshatli muammolardan ekanligi juda achinarli holat bo‘layotganligini ta’kidladi.

Dunyo miqyosida giyohvandlikka karshi keng miqyosda kurash olib borilayotganiga qaramay bu illatga batamom chek qo‘yilmayotgani, buning orqasidan katta daromad topib, birovlarning azoblanishi hisobiga bo‘lsa-da boyishni xohlovchi kimsalar har qanday yovuzlik va xunrezliklardan tap tortishmayotganligini aytib, shu nuqtai nazardan olib qaraganda, giyohvandlikka karshi kurashishda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash, barchani xushyorlik va ogohlikka chorlash, mazkur illatning tomir yoyishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim o‘rin tutishini aytib o‘tdi.

Tadbir davomida ma’ruzachi yuqoridagi ma’lumotlarga qo‘shimcha qilib, O’zbekiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlarida bo‘layotgan giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘llari va oldini olish uchun aniq choralar ko‘rilayotganligi haqida so‘zlab berdi.

Ma’ruzachi so‘z yakunida jamiyatimizda, ayniqsa yoshlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular ongida giyohvandlikka nisbatan nafrat uyg‘otish muhim ekanligini aytib, hayot kushandasi bo‘lgan «og‘u»dan doimo yiroq bo‘lish kerak deya o‘z ma’ruzasini yakunladi.

Shundan so‘ng giyohvandlik va uning oqibatlari haqida tayyorlangan videorolik ko‘rsatib o‘tildi.

Ma’ruza so‘ngida Agentlik xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech