Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3 Noyabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 145

Agentlikning Farg‘ona viloyati boshqarmasining avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash va nazorat qilish inspektorlari tomonidan yuk va yo‘lovchi tashish sohasida qonun ustivorligini ta’minlash maqsadida doimiy reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. 2017-yil oktabr oyining dastlabki 10 kunligida 46 ta reyd o‘tkazilib, 169 ta noqonuniy faoliyat ko‘rsatgan haydovchiga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1763-moddasida nazarda tutilgan tartibda dalolatnomalar tuzildi va sud organlariga yuborildi.

Farg‘ona shahridagi «Neftchi» madaniyat uyida sudya A.Jumaev raisligida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida ana shu reydlar asosida to‘plangan 12 ta ish ko‘rib chiqildi. Shundan 10 holatda qonunchilikka boysungan holda avtotransport vositalari yuk va yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari bilan ta’minlanganligi sababli ularning egalari yoki ijarachilari javobgarlikdan ozod etildi. 2 fuqaro litsenziya varaqalarisiz faoliyat yuritgani uchun eng kam oylik ish haqining 12 barobari miqdorida jarimaga tortildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech