Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Iyul 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 68

«Express Shipment» MChJ «Pedkollej – Jaloyir QFY» yo‘nalishida uchta «Gazel» bilan xizmat ko‘rsatmoqda.

Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi «Express Shipment» MChJ viloyatning chekka hududlarida yashovchi aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida, ShYT-203 Pedkollej – Jaloyir QFY yo‘nalishini ishga tushirdi. Yo‘nalishda korxonaga qarashli uchta yangi «Gazel» mikroavtobuslari muntazam qatnamoqda. MChJ rahbariyatining ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar oqimiga qarab qo‘shimcha avtotransport vositalari qo‘yilishi mumkin.

«Express Shipment» MChJning xizmat sifatini yaxshilashga jiddiy bel bog‘laganini avtotransport parkini yangilash borasidagi sa’y-harakatlarida ham ko‘rish mumkin. Yaqinda korxona o‘z mablag‘lariga uchta «Isuzu» avtobusi xarid qilib, ShAY-218 Markaziy bozor – Madaniyat yo‘nalishiga chiqargan edi.

Jamiyat rahbari B.Eshboevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda korxona o‘z mablag‘lari va bank krediti hisobiga 20 dona avtobus xarid qilib, yangi yo‘nalishlar ochishni va mavjud yo‘nalishlarda qatnovni yanada yaxshilashni rejalashtirmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech