Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
15 Mart 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 210

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shahar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Xususan, Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan avtokorxonalar ham qaror ijrosi bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirishga kirishdi.

Jumladan, Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan “Alixan Trans Servis” MChJ ISUZU NS 40 rusumli 25 dona avtobusni jami 2,5 mlrd. so‘mga kredit asosida sotib oldi.

Jamiyat 80 mln. so‘mga propan gaz uskunasini o‘z mablag‘idan o‘rnatishni rejalashtirgan bo‘lib, avtobuslarni 2 ta yangi yo‘nalishga biriktirish orqali aholiga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Xozirgi vaqtda jamiyat tomonidan jami 56 ta avtobus harakatlanmoqda. Yangi olingan avtobuslar uchun 25 haydovchi va 4 ta nozim ishga olish ko’zda tutilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech