Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Fevral 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 257

Yanvar oyi oxirlarida Buxoro shahridagi Karvon bozori ro‘parasida yangi avtostantsiya ishga tushirildi.

Ta’kidlash joizki, avtostantsiya Prezident Sh.M.Mirziyoev 2017-yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshirig‘iga asosan, Buxoro shahar hokimining 2017-yil iyun oyidagi 709-sonli va viloyat hokimining 392-sonli qarori asosida qurilgan. Qurilish ishlari O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 1 mlrd. so‘m mablag‘i hisobiga «Abdurahim Ravshan Azamat» MChJ tomonidan bajarildi. Avtostantsiya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 320-sonli qarori talablari asosida jihozlangan.

Mazkur avtostantsiya Buxoro shahri hududidagi 9 ta yo‘nalishda qatnovchi 90 ga yaqin hamda 12 ta shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichi yo‘nalishida qatnovchi qariyb 70 ta avtobus uchun oxirgi yoki oraliq bekat bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, avtostantsiya orqali 200 ga yaqin mikroavtobus va «Damas»lar va 100 ga yaqin yo‘nalishsiz taksi mashinalari ham harakatlanadi. Shu tariqa yangi avtostantsiya bir kunda 15 ming nafardan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.

«Abdurahim Ravshan Azamat» MChJ rahbarining ma’lum qilishicha, kelgusida avtostantsiya hududining qolgan qismiga asfalt to‘shash va bu yerdan shaharlararo avtobuslar qatnovini kengaytirish rejalashtirilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech