Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Aprel 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 34

Istiqlol sharofati bilan yurtimizda beqiyos yangilanishlar, ulkan bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqarilmoqda. Qator istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirilib, zamonaviy korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilib, hududlarda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilmoqda, eksport salohiyati yildan-yilga ortib bormoqda.

Toshkent shahri, Yashnobod tumanida joylashgan “BETOMIX TRANS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati shahar iqtisodiyoti rivojiga o‘z hissasini ko‘shib kelayotgan korxonalardan biridir.

“BETOMIX TRANS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati harakat tarkibini zamonaviy avtotransport vositalari bilan boyitish maqsadida yangi 6 dona HOJAN J7G ZZ5255 rusumli maxsus (betonosmesitel) avtotransport vositalarini xarid qildi. Ushbu xaridni amalga oshirish bilan birga korxonada yangi 6 ta ishchi o‘rni yaratildi.

“BETOMIX TRANS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati haydovchilari yo‘lga chiqish oldidan tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini yo‘lga chiqish oldidan va qaytgandan keyin texnik ko‘rikdan o‘tkazish ijara sharnomasi asosida «BETOMAX BETON» MChJ hududida amalga oshiriladi.

Korxona Toshkent shahri aholisiga unumli xizmat ko‘rsatish maqsadida yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish uchun litsenziya varaqalari bilan ta’minlandi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech